"Real" "Barselona" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi
"Inter" forvardi Lautaro Martines "Real" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 22 yoshli argentinalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Biroq, “neradzurrilar” ham to‘purar futbolchisini qo‘yib yuborishmoqchi emas va tez orada u bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokaralarni boshlamoqchi. Uning ayni damdagi tovon puli esa 111 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Martines uchun “Real”ning asosiy raqobatchisi “Barselona” ham xaridor bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Martines joriy mavsum “Inter” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar