«Real» Bellingem bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 09.07.2026 11:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» (Madrid) yarim himoyachi Jud Bellingem bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Klub rahbariyati hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha rasmiy muzokaralarni 2026 yildagi jahon chempionati yakunlangandan so‘ng boshlashi kutilmoqda.

 

23 yoshli Bellingem o‘tgan mavsumda «Real» tarkibida barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 40 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shu davr mobaynida 8 ta gol urdi va jamoadoshlariga 5 ta pas berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

 

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz yarim himoyachisining bozor qiymati 130 million yevro atrofida baholanmoqda. Avvalroq bir qator manbalarda qayd etilishicha, bosh murabbiy Joze Mourinyo Bellingemni jamoaning muhim figurasi sifatida ko‘radi va uni asosiy tarkibdan chiqarish yoki uning maqomini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmayapti.

 

Jahon chempionati‑2026da Bellingem Angliya terma jamoasi safida 5 ta o‘yin o‘tkazdi, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas yo‘lladi. 12 iyul kuni Angliya 1/8 final doirasida Norvegiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!