"Real" bugun PSJdan revansh olishi mumkin, "Yuventus" Turinda "Atletiko"ni qabul qiladi, Mourino boshchiligidagi "Tottenxem" esa...
Bugun EChL guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan 8 ta o‘yin o‘tkaziladi. Unda "Real" birinchi davradagi yirik mag‘lubiyat uchun PSJdan qasos olishga harakat qiladi. "Atletiko" Turinga "Yuventus" bilan kuch sinashish uchun boradi. Joze Mourino boshchiligidagi "Tottenxem" esa o‘z uyida "Olimpiakos"ni qabul qiladi.
Quyida bugun tunda o‘tkaziladigan o‘yinlar va ularning boshlanish vaqtlari bilan tanishishingiz mumkin.
26 noyabr
A guruhi
22:55. Galatasaray (Turkiya) - Bryugge (Belgiya)
01:00. Real (Madrid, Ispaniya) - PSJ (Frantsiya)
B guruhi
01:00. Tottenxem (Angliya) - Olimpiakos (Gretsiya)
01:00. Tsrvena Zvezda (Serbiya) - Bavariya (Germaniya)
C guruhi
01:00. Manchester Siti (Angliya) - Shaxter (Ukraina)
01:00. Atalanta (Italiya) - Dinamo (Zg, Xorvatiya)
D guruhi
22:55. Lokomotiv (Rossiya) - Bayer (Germaniya)
01:00. Yuventus (Italiya) - Atletiko (Ispaniya)
Ma’lumot o‘rnida, uchrashuvlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Fikrlar