“Real” chempion darvozabon vafot etganini ma’lum qildi

  • 28 oktabr, 11:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi rahbariyati jamoaning sobiq darvozaboni Xose Manuel Ochotorena vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga rasman ta’ziya bildirdi.

Tecno

Xose Manuel Ochotorena 1979-1988 yillar davomida “Qirollik klubi”  akademiyasi hisoblangan “Real Kastilya” va “Real”ning asosiy jamoasida faoliyat yuritgan.

Sobiq darvozabon 64 yoshida hayot bilan vidolashdi.

- “Real” marhumning oila a’zolari, jamoadoshlari va barcha yaqinlariga, xususan, u faoliyat yuritgan barcha jamoalarga chuqur ta’ziya bildiradi, - deyiladi “Qirollik klubi” rasmiy saytida e’lon qilingan rasmiy bayonotda.

Ochotorena “Real”dan tashqari, “Valensiya”, “Tenerife”, “Logrones” va “Rasing Santander”jamoalari sharafini ham himoya qilgan. Ispaniya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan. Mohir darvozabon ikki karra Ispaniya chempioni, UEFA kubogi va Ispaniya ligasi kubogi sohibi hisoblanadi.

Faoliyatini yakunlaganidan keyin “Valensiya” va “Liverpul”da ishlagan. Bu ikki klub ham Ochotorenaning o‘limi munosabati bilan ta’ziya izhor qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!