
"Real" CSD yoki FIFA hakamlar bilan bog‘liq vaziyatga aralashini umid qilmoqda
Madridning "Real" klubi Ispaniya kubogi oldidan hakamlar bilan bo‘layotgan muammoga CSD yoki FIFA aralashini kutmoda. Bu haqda "El Chiringuito TV" xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, bugungi "Barselona"ga qarshi Ispaniya kubogi finali oldidan madridliklar arbitrlar guruhini, ayniqsa bosh hakam Rikardo Bengoecheani tayinlash bo‘yicha shov-shuvli holatga Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha Oliy kengash (CSD) yoki Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan javob bo‘lishiga umid qilyapti.
"Real" ushbu hakam o‘rniga boshqa hakam tayinlashini xohlayotganini bildirgan edi. Hattoki, klub o‘yindan avvalgi so‘nggi mashg‘ulotni ham o‘tkazmay, matbuot anjumanida ishtirok etmagan edi.
Ma’lumot o‘rnida, bo‘lajak bellashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.
Fikrlar