"Real"da ikki futbolchining professionalligi hammаni hayratga soldi

  • 25.09.2026 20:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real Madrid» rahbariyati jamoaga yaqinda qo‘shilgan jarimachi yarimhimoyachi Jud Bellingem va markaziy himoyachi Ibraima Konatening ishga bo‘lgan munosabatidan juda mamnun.

Jurnalist Xavyer Rodriges Paskualning «Qirollik klubi»dagi manbalariga tayanib xabar berishicha, ingliz va fransuz futbolchilari o‘zini juda intizomli va mehnatsevar o‘yinchilar sifatida ko‘rsatgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki futbolchi maydondan tashqarida ham sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya qiladi, mashg‘ulotlarda esa doim o‘z ustida ishlashga, mahorat va jismoniy holatini yanada oshirishga intilgan holda qatnashadi.

Jud Bellingem 2023 yil yozida Dortmundning «Borussiya» klubidan «Real» safiga qo‘shilgan edi. Ibraima Konate esa joriy mavsum boshlanishidan oldin «Liverpul» bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng erkin agent sifatida madridliklar tarkibiga kelib qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!