"Real"dan "Arsenal"ga o'taman!
Madridning «Real» jamoasi tarkibida to‘p surib kelayotgan ispaniyalik himoyachi Raul Asensio yaqin vaqtlar ichida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Unga «tumanli Albion»ning yetakchi klublaridan biri jiddiy qiziqish bildirmoqda.
OK Diario nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli Asensioga Londonning «Arsenal» klubi da’vogarlik qilmoqda. Angliya chempioni hisoblangan londonliklar yozgi transfer oynasida yosh himoyachini sotib olish uchun mablag‘ sarflashga tayyor ekani aytilmoqda. «Real» esa futbolchisini kamida 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishni rejalashtirgan.
Avvalroq matbuotda Raul Asensioga Rimning «Latsio» klubi ham qiziqayapti, degan xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Raul Asensio Ispaniya chempionati doirasida «Qirollik klubi» safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U shu o‘yinlarda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va to‘rtta sariq kartochka oldi.

Fikrlar