"Real" "el-klasiko" oldidan Pochettino bilan bog‘langan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" klubi "Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan muzokara o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.

Onde Sero nashrining xabar berishicha, Madrid klubi jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanni "el-klasiko"da mag‘lub bo‘gan taqdirda, ishdan olishni rejalashtirgan.

"Qaymoqranglilar" "Barselona"ga qarshi o‘yindan oldin, Pochettinoga qo‘ng‘iroq qilgan.

"Kataloniya klubiga yutqazib qo‘yilganida ham Zidan iste’foga chiqarilmasdi," - deb xabar qildi jurnalist Xose Ramon de la Morena. Bundan tashqari, "Real" joriy mavsum bunday o‘zgarish qilmoqchi emas.

Jamoada Zidanning hurmati katta va u o‘z xohishiga ko‘ra, ketish qarorini qabul qilishi kerak, deb hisoblashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!