«Real» Ferlan Mendi bilan shartnomani bekor qilmoqchi

  • 16.06.2026 21:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» tarkibida to‘p surib kelayotgan himoyachi Ferlan Mendi yozda jamoani tark etishi deyarli aniq bo‘lib qoldi.
 

Diario AS nashri ma’lumoticha, Madrid klubi fransuz futbolchisi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ammo manbalarga ko‘ra, Mendi klub rahbariyati talablariga osonlikcha rozi bo‘lmaydi va kelishuv bekor qilinsa, shartnoma bo‘yicha to‘liq moliyaviy kompensatsiya talab qiladi.
 

Ferlan Mendi «Lyon» klubidan «Real»ga 2019 yili 48 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda fransuz himoyachi madridliklar safida barcha musobaqalar hisobga olingan holda bor-yo‘g‘i to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar (gol yoki golli pas) bilan ajralib tura olmadi. Transfermarkt portali Mending bozori qiymatini hozircha to‘rt million yevro atrofida deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!