
“Real” futbolchilari boshqa jamoani chempion qiladi
Kelasi mavsum A Seriya chempionligi uchun kurashishni maqsad qilgan “Milan” yozgi transferlar vaqtida “Real”ning ikki futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, milanliklar birinchi navbatda yarim himoyachi Braim Diasning ijarasi muddatidan uzaytirib, shartnomaga bu futbolchini 2022 yilda sotib olish huquqini qo‘shmoqchi.
Dis yakunlangan mavsumda “Milan” tarkibida barcha turnirlarda 39 ta uchrashuv o‘tkazib, ettita gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi.
Ikkinchi nomzod Alvaro Odriosola mavsumni “Real”da o‘tkazgan bo‘lsa-da, etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Zinedin Zidan bu himoyachini ijaradan ortga qaytarganiga qaramay, atigi 16 marta maydonga tushirdi. Milanliklar bu futbolchiga ham imkon berishga tayyorligi aytilmoqda.
Fikrlar