“Real” futbolchilariga Alonsoning nimasi yoqmas edi?

  • 14.01.2026 10:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Xabi Alonso “Real” bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan klubning ishchi jarayonida u bilan yuzaga kelgan munosabatlar haqida ham ma'lumotlar chiqarilmoqda.

Nufuzli manbalardan biri – Marca nashri madridlik futbolchilarning Xabi Alonsoga munosabati haqida yozdi.

Unga ko'ra, “Real” o'yinchilariga ispaniyalik mutaxassisning taktik yuklamalarni haddan ko'paytirib yuborgani umuman yoqmagan. Ular berilayotgan ma'lumotlar hajmini kerakidan ortiq, deb hisoblagan. 

Qolaversa, futbolchilarga Xabi Alonsoning yordamchilari nima qilish va qanday o'ynash kerakligini uqtirishi ham e'tirozlarga sabab bo'lgan. Buning natijasida kundalik ish jarayoni va muhiti salbiy tus olgan.

Manbaning ta'kidlashicha, Xabi Alonso bunga e'tibor qaratmagan va futbolchilar uning ko'rsatmalarini to'liq bajara olmasligini bilgan holda ham jamoaga o'z taktik qarashlarini singdirishga qattiq kirishib ketgan. Oqibatda o'yinchilar va murabbiy o'rtasida bir birlaridan norozilik kuchayib borgan.

Tabiiyki, bu holat jamoaning natijalariga bevosita ta'sir o'tkazdi va jarayon bosh murabbiyning iste'fosi bilan yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!