"Real" futbolchisi A Seriya klubiga o‘tadi(mi?)

  • 22 iyun, 2022, 15:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" futbolchisi Luka Yovich Italiyaning "Fiorentina" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda mashhur jurnalist Nikola Skira xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" hujumchini ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, ijaradagi vaqtida ham uning yarim maoshini to‘lashga tayyor. 

Ma’lumotlarga qaraganda, Yovichning o‘zi allaqachon "Fiorentina"ga o‘tishga rozi bo‘lgan. U ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda.

Statistikaga ko‘ra, Luka yakunlangan mavsum La Liganing 15 o‘yinida 1 gol va 3 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!