“Real” futbolchisi “Bavariya”ni kuchaytiradi

  • 25.03.2021 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Real” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Lukas Vaskesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Myunxen klubi mutasaddilari futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan va tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

29 yoshli yarim himoyachiga “Tottenxem” va “Arsenal”dan ham taklif bo‘lmoqda. Biroq, bu ikki klub Evropa maydonlarida sovrinlar uchun kurasha olmaydi. Shu bois, Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Bavariya”ning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

“Real” bilan yangi bitim bo‘yicha kelisha olmagan Lukas  Vaskes joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba aniq nishonga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!