"Real" futbolchisiga APL klubi qiziqish bildirmoqda

  • 18.01.2026 15:54
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" yarim himoyachisi Federico Valverde faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. 

Jurnalist Migel Deleynining ma'lum qilishicha, urugvaylik futbolchining xizmatlariga "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. Londonliklar "qirollik klubi"ni havbekni sotishga ko'ndirish uchun katta summa miqdoridagi taklif tayyorlamoqda. 

Valverdening ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 120 million evroni tashkil etadi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli futbolchi joriy mavsum "Real" safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 7 ta golli uzatmani o'z  nomiga yozdirib qo'ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!