"Real" futbolchisining "sovchilari" ko‘payib qoldi

  • 28 iyun, 2022, 20:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Marko Asensioga yana bir da’vogar paydo bo‘ldi.

Tecno

"Sport.es" nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar"ning yangi xo‘jayinlari Markoni Londonga olib kelmoqchi va buning uchun "Liverpul" va "Milan" bilan kurashishga tayyor.

"Real" Madrid Asensio bilan xayrlashishga qaror qilgan. Madridliklar keyingi yili uni erkin agent sifatida qo‘ldan chiqarmaslik uchun shu yozda sotishni mo‘ljallamoqda.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsum Ispaniya La Ligasi doirasidagi 31 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol yozdirib qo‘ygan.

"Transfermarkt" portali yarim himoyachini narxini 40 million evroga baholamoqda.

Marko "qirollik klubi"da 2015 yildan beri o‘ynab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!