“Real” Gvardiolaga yoqmay qolgan futbolchini so‘rayapti

  • 24 avgust, 2021, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” asosiy tarkibiga kirishga qiynalayotgan himoyachi Emerik Lyaport tez orada Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Xosep Gvardiola ishonch bildirishga shoshilmayotgan futbolchini “Real” o‘z safida ko‘rmoqchi. Klub rahbariyati ham ispan futbolchisini qo‘yib yuborishga qarshi emas.

27 yoshli Lyaport “shaharliklar” tarkibida 2018 yildan beri to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi.

Transfermarkt portali iste’dodli himoyachini 45 million evroga baholayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!