
"Real" himoyachisining jarohati qaytaladi
Madridning "Real" klubi himoyachisi David Alaba mushaklaridan jarohat oldi. "Marca" nashrining xabariga ko‘ra, avstriyalik futbolchi tibbiy tekshiruvlardan so‘ng mushaklaridan jarohati olgani ma’lum bo‘ldi.
Alaba oxirgi marta 7 yanvar sanasida "Vilyarreal"ga qarshi bahsda maydonga tushgan edi.
33 yoshli himoyachi 2021 yilning yozida "Bavariya"dan ko‘chib o‘tgandan beri "qirollik klubi"da o‘ynamoqda. O‘shandan beri avstriyalik Madrid klubi safida 69 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 7 ta golli uzatmani mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Anchelotti shogirdlari La Liganing navbatdagi o‘yinini 29 yanvar kuni "Santyago Bernabeu"da "Real Sosedad"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar