“Real” hujumchisi Shomurodov o‘ynayotgan chempionatga ketadi

  • 6 noyabr, 2020, 18:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da o‘zini ko‘rsata olmagan Luka Yovich Italiya A Seriyaga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Madrid klubiga Bundesligidan 60 million evro evaziga olib kelingan serbiyalik hujumchi La Ligaga moslasha olmadi.  Unga ikkinchi mavsumda imkoniyat berildi. Biroq, Luka to‘purarlik mahoratini namoyish eta olmayapti.

22 yoshli hujumchiga “Milan” va “Napoli”dan jiddiy qiziqish bo‘lyapti. Bu ikki klub Yovichni qishki transferlar vaqtida o‘z tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. “Real” ham gol urolmayotgan hujumchini ortiq ushlab turmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!