“Real” Husanov transferi bo‘yicha qanday qarorga keldi?

  • 10 yanvar, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov qishki transferlar davrining eng muhim figurasi bo‘lib turibdi.

Tecno

Evropaning ayrim nashrlari o‘zbek futbolchisi va uning manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassislar “Manchester Siti”ni tanlagani haqida ma’lumot tarqatgan bo‘lsa-da, bu transfer hali o‘zining rasmiy tasdig‘ini topgani yo‘q.

Qolarversa, o‘sha  manbalar ham “shaharliklar” va o‘zbek futbolchisi o‘rtasidagi shartnoma oy oxirida imzolanishi mumkinligini bildirgan.

Demak, Husanovning xizmatlariga ko‘z tikayotgan o‘ndan ziyod klublar hali uning transferidan umidini uzmasa  ham bo‘ladi. Vaziyat istalgan vaqtda o‘zgarib ketishi mumkin.

- Foot Mercato nashrining ma’lum qilishicha, Abduqodir Husanovga yaqin manbalar qaysi klubga o‘tish haqidagi yakuniy qarorni futbolchining o‘zi qabul qilishini ta’kidladi.  Shu bois, hozircha o‘zbek legionerining kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.  Ko‘p narsa unga taklif qilinadigan sport loyihasi va o‘zining shaxsiy maqsadlariga bog‘liq bo‘ladi. Abduqodir va uning yaqinlari har bir taklifni puxta o‘rganib chiqishini ma’lum qilgan, - deb yozmoqda foot-sur7.fr nashri.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini Husanovga “Real” ham qiziqayotgani haqidagi axborot ancha to‘lqinlantirib yuborgan edi.

Ispaniya futbolining eng nufuzli manbalaridan biri –  fichajes.net portali “Real”ning bu transfer bo‘yicha pozitsiya haqida ma’lumot berdi.

-   “Real” rahbariyati “Lans”da o‘z salohiyatini namoyish qilib kelayotgan Abduqodir Husanov yordamida o‘z himoya chizig‘ini hozir va kelajak uchun mustahkamlashga urinadi.

Yosh markaziy himoyachi Frantsiya chempionatidagi ajoyib o‘yinlari bilan “Qirollik klubi” direktorlar kengashi vakillarining e’tiborini qozondi va ular bu legionerning xizmatlaridan foydalanish variatini jiddiy tarzda ko‘rib chiqmoqda.

O‘zbek futbolchisi himoyada ishonchli o‘ynay olishi, taktik intellekti va himoyani boshqarish qobiliyati bilan Evropa futbolida nom qozondi. Uning bu sifatlari Madrid klubi mutasaddilari nazaridan chetda qolgani yo‘q. Rahbariyat bu himoyachining transferini strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan holda, mudofaaning raqobatbardoshligini ta’minlab,  imkoniyatlarini mustahkamlashini e’tirof etmoqda.

“Lans” o‘z kashfiyoti bo‘layotgan qiziqish ortidan uning transfer bahosini ko‘tarishga harakat qilyapti. “Real” o‘zining yosh iste’dodlarga sarmoya tikish siyosatidan kelib chiqib, bu transferni amalga oshirish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishi kutilmoqda.

Agar bu transfer amalga oshsa, o‘zbek futbolchisi uchun katta sakrash bo‘ladi. “Real” esa, o‘z himoya chizig‘i tizimini yanada mustahkamlab oladi. “Lans” vakillari Husanov transferidan g‘aznaga tushgan puln yangi rejalariga yo‘naltirishi mumkin, - deb yozmoqda fichajes.net portali  eksperti Nacho Estrelya Dominges-Mompel.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozida “Lans”ga ko‘chib o‘tganidan beri bu jamoa safida barcha turnirlarda jami 31 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta golli pas ham uzatdi.

Legionerimizning “Lans” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

Fayzullaevni Mbappe va 140 million evro turadigan o‘yinchiga tenglashtirishdi

Bu ish o‘xshasa, Husanov va Shomurodov bir biriga qarshi o‘ynaydi

Angliya varianti o‘xshamasa, Husanovni boshqa ligada kutayotganlar bor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Faxriddin
10/01/2025 21:10
Бу эски мақола-ку! Нима керак ўқувчиларни чалғитиб. Ҳеч тушунмайман сизларни!!!