"Real" ingliz klubi yulduzi uchun 93 mln yevro toʻlashni istamayapti

  • 14.06.2026 18:49
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Vest Xem" jamoasida to‘p surib kelayotgan 21 yoshli yarimhimoyachi Mateush Fernandes yaqin vaqtlarda Madriding "Real" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, "Real"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo portugalialik futbolchini jamoaga olib kelishga shaxsan qiziqish bildirgan. Shu bilan birga, madriddliklar rahbariyati "Vest Xem" tomonidan belgilab qo‘yilgan 93 million yevro miqdoridagi transfer narxini to‘lashga hozircha tayyor emas.

Manbaga ko‘ra, kelishuvni amalga oshirish qiyin, ammo imkonsiz emas. Barchasi Mourinyoning Fernandesni sotib olish borasida qanchalik qat'iy turishiga bog‘liq bo‘ladi.

2025/26 yilgi mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalar doirasida 42 ta o‘yin o‘tkazdi, beshta gol urdi va yana beshta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!