
“Real” jahon chempionidan yuz o‘girdi
“Real” rahbariyati yozda erkin agentga aylanadigan Mattias Ginterni o‘z safiga qo‘shmasligini ma’lum qildi.
Germaniya terma jamoasi safida jahon chempionligiga saxovor bo‘lgan 28 yoshli himoyachining Myonxengladbax klubi bilan tuzgan shartnomasi mavsum oxirida yakunaladi. Ginter “Borussiya”ning yangi shartnomasini qabul qilmadi va kuchliroq klubda sovrinlar uchun kurashishni maqsad qilgan.
“Qirollik klubi” Ginterni erkin agent sifatida bepul transfer qilish taklifini ham qabul qilmadi. Madridliklar bor e’tiborini Kilian Mbappe, Erling Xoland yoki Dushan Vlaxovichga qaratadi.
Ginter joriy mavsumda 19 marta maydonga tushib, samarali harakatlarni amalga oshirgani yo‘q.
Fikrlar