“Real” jamoada qoladigan futbolchilar nomini e’lon qildi

  • 16 aprel, 2021, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida sotilmaydigan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Tecno

Marca nashri xabariga ko‘ra, klubdagi faoliyati kafolatlangan sakkiz nafar o‘yinchining teng yarmi yoshlardir. Ushbu ro‘yxatga hujumkor yarim himoyachi Federiko Valverde, hujumchilar Vinisius Junior va Rodrigo va “Arsenal”da ijarada o‘ynayotgan Martin Edegor kiritildi. Bu o‘yinchilarga jamoaning kelajagi sifatida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, “Qirollik klubi” tajribali futbolchilardan darvozabon Tibo Kurtua, yarim himoyachilar Kazemiro va Toni Kross,  asosiy hujumchi Karim Benzema bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

“Real” joriy mavsumda chempionlik unvonini munosib himoya qilib, yana bir bor bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun “Atletiko” va “Barselona” bilan raqobatlashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!