
"Real" jarohat olgan Benzemaga o‘rinbosar topdi
"Real" "Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavanini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, madridliklar jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqqan Karim Benzemaga o‘rinbosar olib kelmoqchi. Avvalroq, urugvaylik forvardga "Barselona" qiziqiqayotganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Kavanining o‘zi esa qishda klubini o‘zgartirmoqchi emas.
Joriy mavsum 34 yoshli Edinson "qizil iblislar" safida 5ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Uning mankunianliklar bilan amaldagi bitimi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar