"Real" Karvaxalni qaytaradigan bo'ldi
Hujumchi Anxel Karvaxal yana «Real» tarkibiga qaytishi kutilmoqda. Bu haqida Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi 22 yoshli forvardni qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilgan. U o‘tgan mavsumni «Valyadolid» jamoasida o‘tkazgan edi. «Qaymoqranglar» futbolchi shartnomasida nazarda tutilgan qayta sotib olish bandidan foydalanishmoqda.
2025/26 yildgi mavsumda Anxel Karvaxal «Valyadolid» safida 36 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi. Shu bilan birga, u urgan gollarning katta qismi Ispaniyaning kuch jihatidan to‘rtinchi divizionida qayd etilgani ta'kidlanmoqda.
Shuningdek, Anxel Karvaxal «Real»ning sobiq sardori Daniel Karvaxal bilan qarindosh emasligi alohida qayd etilmoqda.

Fikrlar