
“Real” katta miqdorda qarz oladi
"Real" Madrid o‘zining uy stadioni "Santyago Bernabeu"ni ta’mirlash uchun kredit olishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Mundo Deportivo” nashri.
Ispaniyalik jurnalistlarning yozishicha, “qirollik klubi” rahbariyati 150-200 million evro miqdorida qarz olmoqchi. Qayd etilishicha, futbol arenasini rekonstruktsiya qilishning umumiy qiymati bir milliard evrodan oshadi.
Madrid klubi o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoa Ispaniya chempioni bo‘ldi, shuningdek, finalda "Liverpul"ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi.
Fikrlar