
“Real” katta transferdan voz kechdi
“Real” rahbariyati “Monako” yarim himoyachisi Orelen Chuameni transferidan voz kechdi va yozda bu o‘yinchi uchun kurashmaydigan bo‘ldi.
“Qirollik klubi” bu o‘yinchini anchadan beri kuzatib kelayotgan edi va Orelen uchun asosiy da’vogar sifatida tan olingandi. Biroq, klub mutasaddilari hozirgi tarkib yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishga muhtoj emas, degan qarorga keldi.
Chuameniga ayni paytda “Liverpul”, “Arsenal”, PSJ kabi klublardan qiziqish bo‘lyapti. “Monako” bu o‘yinchisini 50 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Chuameni yakunlanayotgan mavsumda barcha turnirlarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar