"Real" KONKAKAFga murojaat yo‘lladi

  • 21 oktabr, 21:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasiga (KONKAKAF) to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, Ispaniya La Ligasining 17-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Barselona" o‘yinini o‘z hududida o‘tkazmaslikni so‘radi, deb xabar beradi Cadena SER.

Madrid klubi uchrashuvni Ispaniyadan tashqarida o‘tkazish musobaqaning halollik tamoyilini buzadi, deb hisoblamoqda.

Tecno

Avvalroq, "Real" o‘yinni o‘tkazmaslik uchun Ispaniya milliy sport kengashiga (CSD) ikkinchi marta shikoyat qilgan edi. Birinchi shikoyat ikki oydan beri byurokratik tartibsizliklar tufayli ko‘rib chiqilmoqda.

Ispaniya chempionati 17-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Barselona" uchrashuvi 20 dekabr kuni Mayamidagi "Xard Rok" stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ispaniya futbol hukumati bir necha yil davomida o‘yinni chet elda tashkil etishga harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!