
"Real" La Liganing birinchi tur uchrashuvini keyinroq muddatga ko‘chirishni talab qilmoqda
Madridning "Real" klubi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finaliga chiqqani sabab, yangi mavsumdagi La Liganing ilk o‘yinini keyinroq o‘tkazishni xohlamoqda. "Qirollik klubi" 9 iyul kuni PSJga qarshi o‘ynaydi, La Liganing birinchi turida esa 19 avgust kuni "Osasuna" bilan to‘qnashishi kerak.
"AS" nashrining xabariga ko‘ra, "Real" va Ispaniya futbolchilari uyushmasi (AFE) futbolchilarga KO‘JChdan keyin 3 haftalik ta’til va 3 haftalik mavsumoldi tayyorgarlik huquqini talab qilmoqda. Bu holat mehnat shartnomasiga muvofiq hisoblanadi.
Ushbu masala yuzasidan La Liga va Ispaniya futbol federatsiyasiga (RFEF) rasmiy so‘rov yuboralishi kutilmoqda. Avvalroq, La Liga KO‘JChda chorak finalga chiqqan jamoalarga mavsumni kechroq boshlashga rozi bo‘lgandi. Ammo hozircha liga "Real"ning so‘roviga javob berishni rad etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu nizoga musobaqalar qo‘mitasi aralashishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrlar