"Real" "Liverpul" yulduzini ilib ketishi mumkin

  • 06.03.2026 18:13
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Nufuzli nashrlarning xabarlariga ko‘ra, "qirollik klubi" argentinalik futbolchining o‘yinlarini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Biroq, mersisaydliklar o‘z yulduzini qo‘yib yubormoqchi emas. Shu sababdan ham bu transferning amalga oshishi biroz murakkab bo‘lishi kutilyapti. Agar "Real" futbolchi uchun taklif bilan chiqadigan bo‘lsa, "qizillar" Aleksis uchun katta mablag‘ talab qilmoqchi. Futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning "transfermarkt" portalidagi narxi 85 million evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Makallister joriy mavsumda umumiy 40ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!