"Real" Madrid - klublar o‘rtasida Jahon chempioni

  • 12 fevral, 2023, 02:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marokash mamlakati mezbonlik qilayotgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati nihoyasiga etdi.

Tecno

Musobaqaning final uchrashuvida EChL g‘olibi "Real" Osiyo Chempionlar ligasi bosh sovrini sohibi "Al-Hilol"ga qarshi maydonga tushdi. Bahs madridliklarning 5:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Qaymoqranglilar" safida Vinisius Junior hamda Federiko Valverde ikki marotabadan to‘p kiritgan bo‘lsa, Karim Benzema bir bor o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bunga riyodliklar tarkibida Muso Marega va Lusiano Vetto (dubl) javob qaytardi.

Shu tariqa, "qirollik klubi" 5 karra ushbu sovrin g‘olibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!