“Real Madrid” “Barselona”ning 8 yillik moliyaviy hisobotlarini talab qildi
"Real Madrid" 2010–2018-yillar davomida "Barselona"ning moliyaviy faoliyati bo‘yicha hisobotlarni taqdim etishni talab qildi
Madrid klubi kataloniyaliklardan quyidagi ma’lumotlarni so‘ramoqda:
— 2010–2018-yillar davomida "Barselona"ning ichki audit bo‘yicha barcha hujjatlari to‘plamini;
— 2010–2018-yillar uchun klubning moliyaviy faoliyati haqidagi yillik hisobotlarni;
— shu davrga oid soliq qo‘mitasi yig‘ilishlari hisobotlarini.
"Real" nima sababdan "Barselona" hakamlar texnik qo‘mitasi vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga millionlab evro to‘laganini aniqlamoqchi. Avval xabar qilinganidek, klub 2016–2018 yillar oralig‘ida Negreyraga 1,4 million evro to‘lagan.
28-oktyabr kuni Ispaniya prokuraturasi "ko‘k-anorranglilar"ni hakamlar texnik qo‘mitasining sobiq vitse-prezidenti ishi bo‘yicha gumonlanuvchi tomon sifatida sudga chaqirgani ma’lum qilingan.
Ma’lumot uchun, Xansi Flik boshchiligidagi jamoa ayni paytda La Liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar