"Real Madrid" qishda superyulduzidan ayrilishi mumkin

  • 24.11.2025 15:22
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" yulduzi  Vinisius Junior yanvar oyidagi transferlar oynasida jamoani  tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.

Insayder ma’lumotiga ko‘ra, Vini "qaymoqranglilar" bilan yangi mehnat shartnomasini kelisha olmayapti. Futbolchi faoliyatini  Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin, uning xizmatlariga  "Chelsi" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, braziliyalikni Saudiya Arabistoni chempionati klublari ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli vingerning "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portalida Vinisiusning narxi 150 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!