"Real Madrid"ga "Bayer" himoyachisini taklif qilishdi

  • 17.07.2025 16:40
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" jamoani Xabi Alonsoning talablariga moslashtiryapti. Yaqin kelajakda Madrid jamoasi murabbiyi Leverkuzenning "Bayer" klubida ilgari birga ishlagan futbolchini jamoasiga qo‘shishi mumkin.

ESPN nashrining xabar berishicha, "qaymoqranglilar"ga himoyachi Pero Inkape xizmati taklif etilgan. Inkape bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladi - markaziy himoyada, chap qanot himoyasida va chap yarim himoyada.

Ekvadorlik futbolchi Xabi Alonsoning o‘yin tizimiga juda mos keladi. Nufuzli Transfermarkt portali ekvadorlik futbolchini 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!