“Real” mavsum oldidan katta yo‘qotishga duch kelganini e’lon qildi
O‘tgan chempionatda bosh sorvinni ashaddiy raqib “Barselona”ga boy berib qo‘ygan “Real” La Liganing navbatdagi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘radi.
Bu gal madridliklar boshqa murabbiy – Xabi Alonso qo‘l ostida Xans-Diter Flik boshchiligidagi “Barselona”ni to‘xtatishga urinib ko‘radi.
“Qirollik klubi” rasmiy sayti chempionat ostonasida tarkibda yo‘qotish bo‘lganini e’lon qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, asosiy tarkib vakillaridan Eduardo Kamavinga jarohat olib saydan chiqqan.
O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar frantsiyalik yarim himoyachining o‘ng oyoq to‘pig‘i shikastlanganini ko‘rsatdi. Ayni paytda shifokorlar futbolchining jarohatini davolash ishlarini boshlab yuborgan va hozircha, Eduardo qachon maydonga qaytishi noma’lum.
“Real” La Liganing birinchi turini 19 avgust kuni “Santyago Bernabeu” stadionida “Osasuna” futbolchilariga qarshi o‘tkazishi belgilangan.



Fikrlar