
"Real" Mbappe bilan birga Ashrafni ham o‘z safiga qo‘shib oladi
"Real" sobiq futbolchisini ortga qaytarishi mumkin. "Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi yana "qirollik klubi"da o‘zini sinab ko‘rmoqchi.
Marokashlik futbolchi Kilian Mbappe bilan Madridda ham birga o‘ynash niyatida. Hakimi allaqachon parijliklarga ketishini ma’lum qilgan. Ya’ni, u yangi mehnat shartnomasi imzolashdan bosh tortdi. Ashrafning amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Frantsiya chempionatining joriy mavsumida 25 yoshli himoyachi 19 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar