“Real” Mbappedan keyin yana bir supertransferga kirishdi

  • 8 may, 2024, 08:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Real” safini to‘ldirishi kutilmoqda. Orzusini ro‘yobga chiqarayotgan “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres keyingi katta transferlar haqida bosh qotira boshladi.

Tecno

TodoFichajes nashrining yozishicha, klub xo‘jayini jamoaga Bundesliganing eng iqtidorli hujumkor futbolchisi Vlorian Virtsni taklif qilishni rejalashtirgan.

Florian Virts yosh bo‘lishiga qaramay, bir necha mavsumdan beri “Bayer”ning etakchisi bo‘lib turibdi. Bu yil leverkuzenliklar chempionlikni qo‘lga kiritdi va tarixiy g‘alabada Florianning ham xizmati katta bo‘ldi.

Transfer ekspertlarining ma’lum qilishicha, Virtsni olish oson bo‘lmaydi. Biroq Florentino Peres bu borada shoshilmoqchi emas. Klub xo‘jayini huddi Kilian Mbappe bilan bo‘lganidek, bu transferga uzoqroq vaqt sarflashga va uni bosqichma bosqich amalga oshirishga tayyor.

Uddaburon Peresning rejasida Karlo Anchelottidan keyin jamoa bosh murabbiyligiga “Bayer”ni chempion qilgan Xabi Alonsoni olib kelish maqsadi bor. Agar bu ish amalga oshsa, Florian Virts transferi ham ortiqcha muammo bo‘lmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!