“Real” Mbappedan quruq qoladi. Saudiya shahzodasi Kilianni kutayotganini aytdi

  • 27 yanvar, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ygan. 25 yoshli forvardning o‘zi ham qaerda to‘p tepish borasida bir qarorga kela olmayapti.

Tecno

Hozircha, tanlov varianti asosan ikkita – PSJda qolib, mo‘may maosh olish yoki orzusini amalga oshirib, parijliklardan uch baravar kam maosh taklif qilayotgan “Real”ga o‘tish.

Endi Mbappega jiddiy da’vogar paydo bo‘ldi. Saudiya Arabistoni Qirollik oilasi shahzodasi Abdulla Saad Abdulaziz Ol Saud frantsiyalik hujumchini o‘z yurtida ko‘rmoqchi.

- Albatta, bizga Mbappe yoqadi. Kilian yaxshi o‘yinchi, u kuchga to‘lgan va men uni Saudiya Arabistonida, chempionatimizning istalgan jamoasida o‘ynashiga umid qilaman, - dedi shahzoda Abdulla Saad Abdulaziz Ol Saud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!