
"Real" Mbappeni qo‘lga kiritish yo‘lini topdi
"Real" yozgi transfer oynasi vaqtida Kilian Mbappe transferini amalga oshirishga urinib ko‘rmoqchi.
El Chiringuito TV manbasiga ko‘ra, madridliklar parijliklarga Eden Azarni frantsiyalik to‘purarga almashtirish bo‘yicha taklif kiritmoqchi.
Jurnalist Eduardo Indaning ta’kidlanishicha, Zinedin Zidan Mbappe uchun Vinisius Juniorni yuborishga tayyor bo‘lgan, biroq klub rahbariyati belgiyalik futbolchi nomzodida to‘xtagan.
Joriy mavsumda Mbappe PSJ safida Liga 1 da 8 ta o‘yinda 9 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Azar "Real" tarkibida La Liga bahslarida 3 ta o‘yinda 1 ta gol kiritdi.
Fikrlar