
“Real” Modrich bo‘yicha bir qarorga keldi
“Real” rahbariyati Qatardagi jahon chempionati qahramonlaridan biri Luka Modrich bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo‘ldi.
37 yoshli pleymeykerning shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Unga, AQSh va Saudiya Arabistonidan juda manfaatli chorlovlar bo‘lmoqda.
Yoshi o‘tib qolganiga qaramay, yuqori sport formasini ushlab turgan Modrich Madridda qolish maqsadida chetdan bo‘layotgan chorlovlarni qabul qilayotgani yo‘q.
“Qirollik klubi” mutasaddilari Luka Modrichga yangi bitim berib, uni kamida 2024 yilning yozigacha jamoada olib qolmoqchi.
Fikrlar