
"Real" mundialdan keyin Azarni sotib yubormoqchi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Eden Azarni imkon qadar tezroq sotib yubormoqchi. Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.
"Qaymoqranglilar" rahbariyati Azar Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatida o‘z darajasini ko‘rsata olishiga umid qilmoqda. Agar futbolchi yaxshi o‘ynasa, unga boshqa jamoalar qiziqish bildirishi mumkin. Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, futbolchining o‘zi ham "Real"ni tark etishni istamoqda.
31 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2024 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali Azarning narxini 12 million evroga baholamoqda.
Fikrlar