"Real" muxlislari uchun noxush xabar

  • 10.07.2020 21:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Real” Madrid himoyachisi Marselo jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 32 yoshli braziliyalik futbolchi mushaklaridan olgan jarohat sabab La Ligada mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin. Uning sog‘ayishi uchun shifokorlar taxminan 3 hafta muddat talab etilishini aytishmoqda.

Marselo joriy mavsum “Real” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!