"Real" muxlislari uchun xushxabar!
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema jarohatidan tiklanish arafasida.
Frantsiyalik futbolchi Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi ilk o‘yinda maydonga tusha oladi, deya xabar bermoqda "AS" nashri.
Mazkur ma’lumotni "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham tasdiqladi. Mutaxassis Benzema jamoa bilan Parijga uchib ketishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ - "Real" uchrashuvi 15-dan 16 fevralga o‘tar kechasi 01:00da boshlanadi.

Fikrlar