"Real" muxlislari uchun xushxabar!

  • 14.12.2024 10:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti David Alaba safga qaytishga yaqin ekanligini ma’lmu qildi.

Avstriyalik futbolchi o‘tgan yilning dekabr oyida xochsimon paylari uzilgani sababli vaqtinchalik maydonni tark etgandi. "Alaba nihoyat qaytishga yaqin! Biz juda xursandmiz, uni kutyapmiz, - deya "qirollik klubi" ustozining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

32 yoshli markaziy himoyachi 2025 yil boshida maydonga tushishi mumkin. Jarohatdan oldin u "Real" safida 102 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!