"Real" Neymar uchun PSJga 350 mln evro va Xames Rodrigesni bermoqchi
PSJ klubi forvardi Neymar baribir "Real"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “qirollik klubi” 27 yoshli braziliyalik futbolchining transferi masalasida parijliklarga rekord darajadagi taklifni tayyorlashmoqda. Gap 350 mln evro va kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Neymarni jamosida ko‘rishni xohlamayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, PSJ Neymarni 2017 yil yozda “Barselona”dan 222 mln evro evaziga sotib olgan edi.



Fikrlar