
“Real” noyob iste’dodga ega futbolchi topdi
“Real” mutasaddilari Niderlandiya chempionatidan yangi iste’dod egasini topdi. Marca nashrning yozishicha, madridliklar “AZ Alkmar” jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Kes Smitga jiddiy qiziqyapti.
So‘nggi ma’lumotlarga qarganda, “Qirollik klubi” bu futbolchi uzoq yillar davomida jamoani kuchaytirib borishiga qat’iy ishonch bildirmoqda.
Shu bilan birga Madrid klubi mutasaddilari agar klub Smitni hozir transfer qiladigan bo‘lsa, yosh o‘yinchi ichki raqobatga dosh berolmasligini ham inobatga olyapti. “Real” o‘yinchi bilan hozirdan aloqaga kirishib, uni keyinchalik transfer qilish variantini o‘rganib chiqishga kirishdi.
“AZ Alkmar” tizimida tarbiyalangan Kes Smit birinchi jamoaga qo‘shilganiga bir yil bo‘ldi. Shunga qaramay, markaziy yarim himoyachi asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi.
Smitning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etadi. Transfermarkt portali ekspertlari professional futboldagi debyut mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazgan futbolchining narxini besh baravardan ko‘proqqa ko‘tardi. Ayni paytda Smit 5 million evroga baholanyapti.
Fikrlar