“Real” oʻyinchi sotadi, xaridor – “Arsenal”!

  • 07.05.2026 06:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi sovrinsiz yakunlanayotgan mavsumdan keyin jamoa tarkibida katta tozalashni amalga oshirishi kutilyapti.

Klub sotib yubormoqchi bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatida o‘tgan yozda jamoaga olib kelingan himoyachi Alvaro Karreras ham bor. Madridliklar yozgi transfer oynasi davrida ispan futbolchisi bo‘yicha takliflarni kzrib chiqadi.

TeamTalk ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli chap qanot himoyachisiga jiddiy da’vogar bor. “Arsenal” himoya chizig‘ini Karreras yordamida mustahkamlashni mo‘ljallayapti.

Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta Karrerasni aynan mana shu maqsad uchun ideal variant ekanini ta’kidlagan.

Karreras 2025 yilning yozida “Benfika”dan 50 million yevroga o‘tgan edi. Biroq “Real” rahbariyati uning o‘yinidan to‘liq qoniqish hosil qilmadi.

Qayd etilishicha, madridliklar rahbariyati bu futbolchi bo‘yicha nafaqat “Arsenal”, balki boshqa klublardan tushadigan takliflarni ham ko‘rib chiqishga tayyor.

Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi uzoq muddatli hisoblanadi, biroq uning jamoadagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!