"Real" o‘zligini yo‘qotdi"

  • 07.11.2021 16:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" va "Inter" kabi klublarda to‘p tepgan Lotar Matteus "Real" borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

"Real" Ramosning ketishi bilan o‘zligini yo‘qotdi. To‘g‘ri, Alaba ajoyib futbolchi, biroq unda liderlik xususiyati yo‘q. U Ramosga o‘xshagan etakchi emas", - dedi Matteus. 

Ma’lumot uchun, Ramos yozda PSJga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Hozircha ispaniyalik futbolchi Parij klubida debyut qilganicha yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!