«Real» prezidenti Florentino Peres "bomba" transfer tayyorlamoqda
Madridning "Real" klubi yozgi transfer bozorida faol harakatlarni davom ettirmoqda. Bu haqida Radio Marca xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres navbatdagi yirik transfer urinishini tayyorlamoqda. Yaqin kunlar ichida "qaymoqranglar" rahbariyati jamoani yana bir yulduz futbolchi bilan to‘ldirishni rejalashtirgan, biroq qaysi o‘yinchi haqida gap ketayotgani hozircha oshkor etilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, shu yozda "Real" allaqachon uchta muhim transferni amalga oshirdi. Madridliklar erkin agent sifatida "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Ibraima Konate va "Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi. Shuningdek, klub "Chelsi"ga himoyachi Mark Kukurelya uchun 55 million yevro to‘ladi.

Fikrlar