“Real” qidirgan futbolchisini Angliyadan topdi
“Qirollik klubi” tarkibini kuchaytirish maqsadidi “Lester” yarim himoyachisi Yuri Tilemansga ko‘z tikmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, belgiyalik futbolchi Madridga ko‘chib o‘tish maqsadida “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” takliflarini rad etdi.
Tomonlar bu transferni yozda amalga oshirishni rejalashtiryapti.
23 yoshli Tilemans 2019 yilning yanvaridan beri “Lester” tarkibida to‘p tepmoqda. Uning bu jamoa bilan hamkorligi 2023 yilning 30 iyunigacha rasmiylashtirilgan. Joriy mavsumda iste’dodli yarim himoyachi 18 ta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar