"Real" rahbariyati Alonsoga shart qo‘ydi

  • 8 dekabr, 18:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning kelajagi noma’lum. Madrid klubida ispaniyalik murabbiyni iste’foga chiqarish uchun shart qo‘yildi.

Tecno

El Mundo nashrining yozishicha, Xabi Alonsoning taqdiri Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda hal bo‘ladi. Agar "Real" mag‘lub bo‘lsa, ispaniyalik murabbiy iste’foga chiqariladi. "Qirollik klubi" rahbarlari shoshilinch yig‘ilishda shunday qarorga kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" La Liganing so‘nggi 5ta o‘yinida atigi 1 ta g‘alabani qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 2-o‘ringa tushib ketdi. "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin 10 dekabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqich 6-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!